Bosh murabbiy Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi 9 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini efirga uzatish to‘g‘risidagi qarorni o‘zgartirdi. Avvalroq milliy terma jamoa O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasidan uchrashuvni namoyish etmaslikni so‘ragan edi, biroq yakunda o‘ylab ko‘rishdi, deya ma’lum qildi O‘FA matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga Osiyo saralash bosqichi doirasida 14 yanvar kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan murabbiylik usullarini ko‘rsatmaslik hamda Qirg‘iziston bilan o‘yinga stadionga ko‘proq muxlislar kelishiga erishish uchun Sport TV telekanalidan o‘yinni namoyish etmaslikni so‘ragan edi.

«Bizni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi jiddiy o‘yin kutib turibdi. Arablarga qarshi o‘yinda stadion to‘lishiga shubham yo‘q, biroq biz Qirg‘izistonga qarshi kechadigan bahsda ham ishqibozlar ko‘p bo‘lishini istagandik. Shuni o‘ylagan holda va Saudiya Arabistoniga o‘ziga xos „syurpriz“ qilish maqsadida o‘yinni TV orqali namoyish qilishni istamagan edik», — deya Vadim Abramov ko‘zlarini keltirib o‘tdi Daryo.uz.

Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani ko‘rib chiqayotganda viloyatlardagi muxlislarni inobatga olmagan.

«Biroq bu masalani ko‘rib chiqayotganda viloyatlardagi muxlislarni inobatga olmagan ekanmiz. Menga har xil qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi: ‘Saudiya Arabistonidan shunchalik qo‘rqyapsizmi?' degan ohangda. Yo‘q, biz hech kimdan qo‘rqmaymiz. Agar Sport-TV telekanali o‘yinni olib ko‘rsatishni istasa, marhamat, namoyish qilaversin. Bunga qarshiligimiz yo‘q. Aytgancha, bizga translyatsiya uchun pul berilmaydi», — deya qo‘shimcha qildi 57 yoshli mutaxassis.