«O‘zenergoinspeksiya» 123 iste’molchining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganini aniqladi, deya xabar qildi inspeksiya matbuot xizmati. Iste’molchilar tomonidan yetkazilgan zarar bo‘yicha 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Xususan, Namangan viloyatida 8, Farg‘ona viloyatida 8, Samarqand viloyatida 7, Xorazmda 10 nafar iste’molchi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida energiya tizimiga 1,6 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Avgustdan oktabrgacha bo‘lgan davrda «O‘zenergoinspeksiya» iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 415 holatni aniqladi, 242 iste’molchining elektr qurilmalari tarmoqdan uzildi.

Elektr energiyasidan foydalanishda huquqbuzarliklar sodir etgan iste’molchilar tomonidan foydalanilgan 9,8 milliard so‘mlik elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi. Shundan 3,3 milliard so‘mi bugungi kunda undirildi.