31 oktyar kuni Turkiyadagi Çorlu Devlet Hastanesi tibbiyot muassasida O‘zbekiston fuqarosi Z. V. ishlab chiqarish vaqtida olgan og‘ir tan jrohati natijasida hayotdan ko‘z yumdi.

TIV matbuot xizmatining Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, o‘zbekistonlikning jasadi dafn etilishi uchun Vatanga jo‘natilgan.

Marhum Yıldız Taşlama fabrikasida ishlagan. Turkiyaning Halk TV telekanali ma’lumotlarigaкўра, hodisa silliqlash dastgohi portlashi natijasida sodir bo‘lgan.

Ish joyidagi avariya va xavfsizlik choralariga rioya etilmagani holati bo‘yicha tergov harakatlari davom etirilmoqda, deya qayd etdi TIV.

Bosh konsulxona vaziyatni nazorat ostiga olgan.