O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Hindiston Mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Tadbir doirasida mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat muhokama qilinib, xalqaro tinchlikni ta’minlash borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratildi.

Muzokaralar davomida oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish va soha sifatini yanada mustahkamlash yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Keng qamrovli muloqotdan so‘ng Hindiston harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

Ular akademiya tarixi muzeyi va o‘quv-moddiy bazasi, shuningdek uyerda yaratilgan sharoilar, ob’ektlari, infratuzilmasi va o‘quv-tarbiyaviy jarayoni bilan tanishdilar. Qurolli Kuchlar akademiyasi va Hindiston Mudofaa boshqaruv kolleji o‘rtasida o‘rnatilgan videokonferensaloqa ushbu tashrifning muhim voqeasi bo‘ldi.

Ikki davlat Mudofaa vazirlari hamda ilmiy-pedagogik kadrlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borgan muloqotlari hamkorlikni rivojlantirishning, harbiy ta’lim, ilm sohasida tajriba va axborot almashuvning keng imkoniyatlarini ko‘rsatdi.