UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) sotadigan Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamasi Tailanddan yetkazib beriladi. Bu haqda General Motors matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston uchun Trailblazer yo‘ltanlamaslarini ishlab chiqarish oktyabr oyi oxirida Rayongadagi GM Thailand zavodida boshlangan. Model yaqin oylarda savdoga chiqarilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Foto: General Motors.

GM kompaniyasining Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘yicha prezidenti Xektor Villarrealning ma’lum qilishicha, to‘liq uzatmali SUV bilan jihhozlangan pishiq, ishonchli va qulay Trailblazer O‘zbekistonning o‘zgaruvchan yo‘l sharoitlariga mos.

U O‘zbekistonga jahon sifatlaridagi avtomobil yetkazib beriladi, chunki Tailanddagi avtomobil va divigatellarni ishlab chiqaruvchi GM zavodlari ishlab chiqarish sifatida bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi zavodlar hisoblanadi.

Bahorda GM Uzbekistan uchta yangi model — Chevrolet Trailblazer, Equinox va Traverse avtomobillarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishi ma’lum qilingan edi.