Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi «Daut-ata» chegara bojxona postida bojxonachilar tomonidan ushbu post orqali O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan fuqaro O.P.ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 dona Rossiya hamda 1 dona arab tangalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.