Hukumat qarori bilan 2019 — 2022 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Mazkur dasturda elektrontexnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini, eksport hajmini hamda elektrotexnika sanoatida mis xomashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Shuningdek, qaror bilan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni 2,7 baravarga, eksportini 4,3 baravarga va misni qayta ishlashni 5 baravarga ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.