Hindiston poytaxti Nyu-Delida havoning ifloslanish darajasi belgilangan darajadan qariyb 400 barobar oshib ketgani sababli juma kunidan favqulodda holat e’lon qilindi, deya xabar qildi The Guardian.

Yilning bu davri uchun xos bo‘lgan og‘ir smogning paydo bo‘lishiga oktyabr oyi oxirida Divali bayrami munosabati bilan aholi tomonidan mushaklar otilishi hamda yaqin atrofdagi shtatlarda fermerlar tomonidan yaproqlar va shox-shabbalarning yoqilishi sabab bo‘ldi.

Avtomobillar tutunlari, sanoat tashlamalari va qurilish changlari ham vaziyatni yanada murakkablashtirdi. So‘nggi kunlarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi va havoning sovishi natijasida havo iflosligi eng kamida seshanba kuniga qadar saqlanib qoladi.

Favqulodda holat sababli maktablar vaqtincha yopildi, qurilish ishlari to‘xtatildi. Deliga yo‘l olgan 30 dan ziyod aviareyslar boshqa aeroportlarga qayta yo‘naltirildi.

Dushanba kunidan shaharda sinov tartibida navbatma-navbat toq va juft raqamli avtomobillardan foydalanish foydalanish joriy etilmoqda.

MBT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng ifloslangan 15 ta shahridan 14 tasi Hindistonda.