O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil 2 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:20 da Mang‘istau viloyati hududidagi Tajen — Beyneu avtomobil trassasida O‘zbekiston fuqarosi J.J. boshqaruvi ostidagi avtomobil halokatga uchradi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi Sh. X. vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Haydovchi va boshqa 5 nafar vatandoshimiz yengil jarohatlar olgan va davolanishga muhtoj emas.

Beyneu tumani Ishki ishlar bo‘linmasi yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.