«Urganch aeroporti» chegara bojxona postiga xorijdan uchib kelgan fuqaro B.J. «yashil» yo‘lakdan harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar etiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv natijasida, uning yuklari orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 may kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.