“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori 2019-yilning 31-oktyabrida qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar joriy etiladi:

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YAMMT” IDAK);

yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek ularni tugatish holatlarini “YAMMT” IDAKda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;

“YAMMT” IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari.

“YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul hisoblanadi.

Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “YAMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi tashkil etildi.