Yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov va rasmiy da’vogar Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang bo‘ladi. Buni UFC prezidenti Dana Uayt rasman tasdiqladi, deyiladi Olamsport.com xabarida.

«Jang bo‘lishiga endi hech nima to‘sqinlik qilmayapti. Biz jangni o‘tkazish uchun tayyorgarlikni boshlab yubordik. Jang kelasi yilning ilk choragida o‘tkaziladi», — dedi Dana Uayt.