29 oktyabr kuni Ural Airlines aviakompaniyasining Yekaterinburg-Toshkent reysi orqali Rossiyadan deportatsiya qilinayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi samolyot uchmasidan avval uning hojatxonasida sigaret chekkani uchun bortdan chiqarib yuborildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

X.A. va Sh. T. Sverdlovsk viloyati Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga qaytarib yuborildi, ular endilikda o‘zlarining hisobidan aviachipta sotib olishlari kerak.

Avvalroq O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi X. A.ning vatanga qaytishi uchun sertifikat rasmiylashtirilgani, uning aviachiptasi Rossiya federal byudjeti hisobidan sotib olinganini xabar qilgan edi.