Hukumatning 2019 yil 30 oktyabrdagi qarori bilan Saxi Saparmuxamedovich Annaklichev Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, yetakchi chet el banklari va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan, shu jumladan, zamonaviy va xorijiy tajribada keng qo‘llanadigan o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy qilish va amalga oshirilayotgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish orqali hamkorlik munosabatlarini faol rivojlantirish Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.