O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ikkita yangi modda bilan to‘ldirildi. O‘zbekiston prezidenti 29 oktyabr kuni imzolagan tegishli qonun e’lon qilindi va 30 oktbyardan kuchga kirdi.

Yangi (194−1 va 195−1) moddalarga ko‘ra, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan huquqbuzarlik to‘xtatilishi, tekshiruv uchun hujjatlarni bermaslik, ko‘rsatilgan muddat ichida Milliy gvardiya (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) ga kuzatib borish yoki kelish to‘g‘risida, avtotransport vositasini to‘xtatish, jarohat olganlarga yordam berish yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xizmatchisining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik holatlari sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan 2 baravarigacha jarimaga tortiladi. Agar bir yil ichida ikkinchi marta sodir etilsa, jazo chorasi 15 sutkalik ma’muriy qamoqqacha yetib borishi mumkin.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xizmatchisining) o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan qonuniy talablarini bajarmaslik, shuningdek, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) ommaviy itoatsizlikni qo‘zg‘ash maqsadida bila turib yolg‘on uydirmalarni tarqatish to‘g‘risida har qanday shaklda murojaatlar — bazaviy hisoblash miqdorining 3−5 barobari miqdorida jarimaga tortish yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi mumkin.

Milliy gvardiya xodimlari MJTKning 61- (mayda o‘g‘irlik) moddasi, , 185−1 (Pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy olib kirish), 194−1 va 195−1, 198-moddalarda (qonuniy talablarni bajarmaganlik yoki hukumat vakilining xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish) hamda 210−1-moddasining 1-qismi (o‘ta muhim va toifalashtirilgan ob’ektlarda kirish rejimini buzish) bo‘yicha himoya qilinadigan ob’ektlar va yuridik shaxslarning boshqa mulkiga tajovuz qilgan huquqbuzarlarni Milliy gvardiya organlariga topshirish, shuningdek shaxsiy qidiruvlarni o‘tkazish va narsalarni tekshirish huquqiga ega.