30 oktabr kuni Toshkent metropoliteni Chilonzor yo‘lining «Mirzo Ulug‘bek» va «Buyuk ipak yo‘li» bekatida poyezdlar harakati jadvalidan chiqish holati yuzaga keldi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

30 oktabr kuni soat 14:59 da Chilonzor yo‘lining «Mirzo Ulug‘bek» bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilarga (harakat tarkibining ishlamay qolishi sababli) yo‘lovchilar stansiyaga chiqarildi. Poyezdlar harakati jadvalidan chiqish vaqti 7−8 daqiqani tashkil etdi.

Shu kuni, taxminan 16:50 da, vagonlardan birida shubhali ob’ekt aniqlangani tufayli, «Buyuk ipak yo‘li» bekatida marshrut bekor qilindi. Harakat jadvalidan chiqish vaqti 3 daqiqani tashkil etdi.

Toshkent metropoliteni ma’muriyati vujudga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.