Toshkentning 11 tumanidan 9 tasidagi Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga bittadan avtobuslar bazasidagi mobil markazlar topshirildi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Avtobuslar ko‘rish burchagi 360 daraja bo‘lgan shaxsni tanish xususiyatiga ega kameralar bilan jihozlangan. Videokuzatuv tizimi shaxsni tezkor tanish uchun ichki ishlar organlari ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan. Bu odamlar oqimi orasidag qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanishga yordam beradi, deya qayd etildi IIBB saytida.

Mobil markazlari GPG orqali tuman hududidagi IIO xizmat avtomobillari joylashgan joyni ko‘radi va yaqin atrofda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar haqida xabardor qiladi.