YouTube tarmog‘iga IIB xodimining davlat raqami 01 067 VSC bo‘lgan xizmat mashinasida o‘ng tomondan quvib o‘tgan holda qoida buzgani, so‘ng haydovchiga yo‘l bermay avariya holatini yuzaga keltirgani tasvirlangan video tarmoqqa joylandi.

Videoregistratordagi tasvir bo‘yicha 2019 yil 27 sentyabrda, video muallifining aytishiga qaraganda 31 oktyabrda mazkur voqea sodir bo‘lgan.

Videoregistrator o‘rnatilgan mashina egasi bir necha bor IIB xizmat mashinasidan o‘tib ketishga harakat qilgan bo‘lishiga qaramay, IIB xodimi atayin tormoz bosgan holda, avariya holatini yuzaga keltirgan.