2019 yilning 31 oktyabr kuni soat 06:26 da Toshkent shahri Yunusobod tumani 15-dahasidagi ko‘p qavatli 23-uyning 31-xonadonida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari yuborilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:44 da o‘chirilgan.

Yong‘inni bartaraf etish vaqtida ushbu xonadonga mehmonga kelgan ikki nafar fuqaro: 1955 yilda tug‘ilgan V.G. va 1949 yilda tug‘ilgan L.G. yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan qutqarilgan (hozirda ahvoli qoniqarli).

Yong‘indan uyning 45 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida uyning 5 kv.metr maydonda xona jihozlari yonib zararlangan. Hodisaning taxminiy sababi, mast holda sigareta chekib, uxlab qolishdan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.