Qashqadaryo viloyataning Qamashi tummanidagi Boburtepa qishlog‘i hududida «UAZ» avtomobilining yo‘ldan chiqib ketishi natijasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi va 10 kishi turli darajada tan jarohatlari oldi. Hodisa 29 oktyabr kuni taxminan 11:00 da sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Jabrlanganlar Qamashi shoshilinch rdam bo‘limiga olib borildi, ularning uch nafari shifoxonaga yotqizildi, yetti nafariga ambulator yordam ko‘rsatildi.

Statsionar yotqizilgan bemorlar: S.A. (1996) «Bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi, bo‘yin umurtqasining yopiq sinishi, orqa miyaning lat yeyishi» tashxisi, T.B. (1980) «Bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi, miya shishi» hamda I.A. (1995) «Yuz sohasida ko‘plab shilingan jarohatlar» tashxisi bilan davolanmoqda.