Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida sudya T.Qodirov raisligida turmush o‘rtog‘ini vahshiylarcha o‘ldirgan A.B.ga nisbatan sud ishi boshlandi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudya katta yordamchisi Otabek Qodirov Zarnews.uz saytiga ma’lum qildi.

Sudlanuvchi A.B. 2019 yil 7 avgust kuni soat 14:30 larda Samarqand viloyati, Payariq tumani G‘oyib ota mahallasida, joylashgan «Chelak dehqon bozori» mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida tadbirkor V.G.ga tegishli savdo rastasiga sotish uchun qo‘yilgan oshxona pichog‘i bilan 1993 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i N.G.ni qasddan o‘ldirish maqsadida chap ko‘krak qafasi orqa sohasiga ikki marta zarb bilan urgan.

N.G. «Chelak dehqon bozori» hududidagi 41-sonli dorixonaga qochib borganida A.B. jinoiy maqsadini oxiriga yetkazish maqsadida uning ortidan ta’qib qilib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i yordamida o‘tashafqatsizlik bilan hayoti uchun muhim chapo‘pka va chapkurak sohalariga, chap yelka bo‘g‘imi vachap qo‘ltiq osti sohalariga pichoq bilan 9 marta zarba bergan. Oqibatda N.G. voqea joyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasida N.G.ning o‘limi yetkazilgan tan jarohatidan keyin o‘tkir qonketish bilan kechgan organizmining qonsizlanishi oqibatida yuz berganligi, og‘irlik darajasi bo‘yicha og‘ir tanjarohati guruhiga kirishi aniqlangan.

Sudlanuvchi A.B. o‘zining g‘ayriqonuniy jinoiy harakatlari bilan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda, ya’ni o‘tashafqatsizlik va bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «j, l» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.