Toshkent viloyatida ekonazorat inspektorlari Quyichirchiq obodonlashtirish boshqarmasi avtotransportdan oqava suvlarni Chirchiq daryosiga quyilishining oldi olindi, deya xabar qildi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Gazeta.uz»ga.

Oqava suvlar Quyichirchiq tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining topshirig‘i bilan boshqarmaga tegishli avtotransport vositasi quvuri orqali to‘kilayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 82-moddasiga muvofiq, aybdorlardan EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida jarima undirilishi mumkin. Hozirda tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda, deyiladi xabarda.