Kecha poytaxt Toshkentda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bir necha kun davom etgan murosasiz janglar yurtimizning kuchli bokschilarini yana bir bor saralab berdi. Kecha o‘tkazilgan final bellashuvlari ham o‘zining qizg‘in va murosasizligi bilan ajralib turdi. Hal qiluvchi bellashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

E’tiborlisi, professional bokschi Sanjar Tursunov va terma jamoa a’zosi Fanat Qahramonov chempionlikka erisha olmadi.

-49 kg: Abrorbek Abdusalomov (Andijon) — Umarqul Ermatov (Jizzax)

-52 kg: Mironshoh Ibragimov (Buxoro) — Foziljon Abdumurodov (Jizzax) -/+

-56 kg: Fazliddin Kattaqulov (Surxondaryo) — Oybek Jo‘rayev (Toshkent viloyati) 2:3

-60 kg: Abdumalik Xalakov (Toshkent viloyati) — Sardor Muzaffarov (Toshkent viloyati) 5:0

-64 kg: Elnur Abduraimov (Toshkent viloyati) — Mujibillo Tursunov (Andijon) +/-

-69 kg: Fazliddin Meliboyev (Farg‘ona) — Jahongir Rahmonov («Dinamo») 0:4

-75 kg: Fanat Qahramonov (Samarqand) — Odiljon Aslonov (Buxoro) 2:3

-81 kg: Shohruxbek Rustamov (Farg‘ona) — Shuhrat Abdullayev («Dinamo») 1:4

-91 kg: Jamshidjon Abdullayev (Farg‘ona) — Mirzohid Abdullayev («Dinamo») 3:2

+91 kg: Lazizbek Mullajonov (Farg‘ona) — Ulug‘bek Mubinov (Buxoro) 1:4.

Tashkilotchilar bu yildan e’tiboran musobaqaning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiyev sovrinini ta’sis etishgan edi. Ilk bor bunday sovringa mazkur chempionatda -60 kilogramm vazn toifasida jang olib borgan Abdumalik Xalakov sazovor bo‘ldi.