Angren — Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lida harakatlanuvchi tezyurar poyezd Oltiariqda ham to‘xtaydi endilikda Oltiariq tumanida ham to‘xtab o‘tadi. Bu haqda OʻzLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi mas’ul xodimi Abror Otaboyev O‘zAga ma’lum qildi.

Poyezd Angren, Pop, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlaridagi bekatlarda to‘xtab o‘tar edi. Endilikda yo‘lovchilarga yana bir qulaylik yaratilmoqda. Ya’ni, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvchisiga mazkur poyezdni temir yo‘lning Oltiariq bekatida ham to‘xtab o‘tishi taklifini bildirdi.

Deputatning taklifi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, 2019−2020 yillar uchun yangi poyezdlar harakati jadvali tuzilayotgani hamda 2019 yil 8 dekabrdan boshlab foydalanishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, deputatning taklifi inobatga olinib, yangi harakat jadvalida Oltiariq temir yo‘l bekatida «Toshkent-Andijon» tezyurar yo‘lovchi poyezdi, «Toshkent-Andijon», «Andijon-Buxoro», «Andijon-Xiva», «Andijon-Termiz» poyezdlari 3 daqiqadan to‘xtab o‘tishi rejalashtirildi.