20 noyabr 2019/2020 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati etib belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram-kanalida xabar qilinishicha, bu O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 21 oktyabrdagi qarorida o‘z aksini topdi.

Qarorni qabul qilishda ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlari inobatga olindi.