O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik mabuot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

polkovnik Sotvoldiyev Shuxratjon Xoshimovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovich Vazirlik Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Aminkulov Bexzod Ibraximovich Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.