28 oktabr kuni «Yormok» konidan kuniga 250−300 ming kub metr dastlabki debit bilan tabiiy gazning sanoat oqimi olindi, deya xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu kon Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududida joylashgan. Yura davrigacha bo‘lgan korbanat neft-gaz qatlamlarini o‘rganish uchun joriy yilning 10 martidan boshlab 3-qidiruv qudug‘ini burg‘ilash boshlangan. Burg‘ulash chuqurligi 3300 metrni tashkil etdi. Natijada, quduqni 3 ming metr chuqurlikdan keyin bir qator intervallarda sinovdan o‘tkazish jarayonida tabiiy gazning sanoat oqimi qo‘lga kiritildi.

Quduqda kelgusi 3 kun ichida istiqbolli qatlam parametrlarini o‘rganish uchun gaz kondensati tadqiqotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, «Yormoq» konida quduqlarni burg‘ilash orqali qidiruv ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.

2019 yil boshidan buyon «O‘zbekneftgaz» AJ beshta neft-gaz hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini muntazam ravishda davom ettirmoqda va buning natijasida 5 ta yangi kon ochilgan. Uglevodorod xomashyosi zaxiralarining o‘sishini ta’minlash uchun ilgari ochilgan konlarda qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.