2019 yil 27 oktyabr kuni soat 13:46da, Yashnobod tumani, Aviasozlar 3-dahasi 38-sonli 4 qavatli uyning tom bo‘g‘ot kismlari 70 kv.m. maydonida yong‘in yuz bergan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 13:51 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 14:06 da qurshab olinib, soat 14:20 da bartaraf etilgan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘in tomda olovli-ta’mirlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.