Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.

Unda Mirzayev Zoyir Toirovich — Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Samarqand viloyat hokimi, bosh vazir o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lib ishlagan Zoyir Mirzayev shu kunga qadar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.