26 oktyabr kuni Zarbdor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada tuman hokimi etib 2013 yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Ro‘ziyev Zafar Sharopovich tayinlandi, deya xabar qildi Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.


Oybek Ashurmatov.

Shuningdek, Jizzax viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu paytgacha Zarbdor tumani hokimi bo‘lgan Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Oybek Ashurmatov Zarbdor tumani hokimi sifatida 2018 yil 13 avgustdan buyon ishlab kelayotgan edi.


Mahmud Xolbutayev.

Sharof Rashidov tumani hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada esa Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Zoir Mirzayev o‘rniga 2018 yilning 29 oktyabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Xolbutayev Mahmud Parsamatovich tuman hokimi sifatida tanishtirildi.