O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Samarqand viloyati Payariq tumanida pedagog xodimlari tomonidan sodir etilgan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyati yuzasidan bayonot berdi.

Qayd eilishicha, 24 oktyabr kuni tumanning Nakurt mahallasida Aziz S. (1983 y.t. o‘qituvchi) va Xamid B. (1984 y.t. o‘qituvchi) tanishi Umid S. (1984 y.t. veterenariya bo‘limi xodimi) bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli jajallashib qoladi. Janjal vaqtida Umidning kaltaklab, qasddan o‘ldiradi va uni o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi ichiga o‘tqazib, voqea joyidan yashirinadi.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan Aziz S. va Xamid B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «p» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.