22 oktyabr kuni soat 22:00 da Xorazm viloyati Yangiariq tumani Oston qishlog‘ida, fuqaro K. G. (1974 yilda tug‘ilgan, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib ishlagan) hamda uning rafiqasi va ikki farzandi o‘z uyida vafot etgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘lim xonada qo‘lbola isitish pechkasidan tarqaladigan is gazidan zaharlanish natijasida yuz bergan.

Yangiariq tumani prokuraturasi ayni vaqtda ushbu hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib bormoqda.