Toshkentning Yunusobod tumani hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Erkin Zohidov ta’magirlik yo‘li bilan pora olayotganda ushlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Tezkor tadbir davomida Erkin Zohidov 5000 dollar miqdorida pora olayotganda ushlandi. Xabar qilinishicha. U o‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulkka huquqni tan olish to‘g‘risidagi hokim qarorini chiqarishda yordamlashishga va’da bergan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 11 oktyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Erkin Zohidovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (ta’magirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Erkin Zohidov (1971 y. t.) — 1994 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Labzak Stroy Plus kompaniyasi direktori moliya masalalari bo‘yicha maslahatchisi (2010−2016), Makon Kapital Invest (2016−2019) moliyaviy maslahatchisi vazifalari ishlagan. 2019 yildan Yunusobod tuman hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.