Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 oktyabrdagi qarori bilan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, intellektual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash TDYUUda magistratura yo‘nalishining «Intellektual mulk huquqi» ixtisosligi bo‘yicha amalga oshiriladi, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshrish esa Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari endilikda, patent vakilligiga nomzodni attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni audio va videoyozuvda yoziladi, shuningdek Intellektual mulk agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.