22 oktyabr kuni soat 02:30lar chamasida Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma Shoxista M. (1976 y.t.) vafot etdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabar qilishicha, hibsxona kamerasida saqlanayotgan ayolning salomatligi to‘satdan yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Shoxista M.ning o‘limi «yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi» ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.