Olga Zabelinskaya 17−21 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida bo‘lib o‘tgan velotrek bo‘yicha 40-Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Xitoy, Hindiston, Eron, Janubiy Koreya, Singapur, Tailand, Kombodja, Gonkong, Indoneziya, Yaponiya, Myanma, Makao, Filippin, BAAdan sportchilar ishtirok etdi.

O‘zbekiston velopoygachisi 32 ochko to‘plagan holda guruh poygasida g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya sportchisi Na A Rim (28 chko), uchinchi o‘rinni esa Bo Yi Lyun (26 ochko) egalladi.

Terma jamoa hisobiga Behzod Rahimboyev ham medal olib keldi. Guruh poygasida ochkolar bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.