Dushanba kuni O‘zbekiston hududiga salqin havo oqimlarining kirib kelishi kutilmoqda. Hafta davomida kam bulutli, uncha baland bo‘lmagan havo harorati hukmronlik qiladi, deya xabar qildi «O‘zgidromet» matbuot xizmati.

Harorat o‘zining iqlimiy me’yorlariga yaqinlashdi — kunduzi +18…+23, kechasi +3…+8 daraja atrofida. Antitsiklon ta’siri bir necha kun davomida sezilib turadi. Hafta oxiriga borib sharqda bosimning pasayishni boshlashi havo haroratining 2−3 daraja oshishiga olib keladi.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotlari