21 oktyabr kuni tonggi 5:00 atrofida Uchtepa tumanida Toshkent avtomobil halqa yo‘lida 15 yoshli Ahliddin A. boshqaruvidagi Matiz avtomobili elektr uzatish tarmoqlarining temir konstruksiyasiga borib urildi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil o‘smirning qarindoshiga tegishli bo‘lgan. Hodisaga mashina boshqaruvining yo‘qolishi sabab bo‘lgan.

Avtomobil haydovchisi kichik tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borildi.