O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan qo‘shni Tojikistonning Shaydon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

19 oktyabr kuni MN-28-sonli «Qo‘qon-Shaydon» yo‘nalishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. TadbirdaShaydon shahri va Farg‘ona viloyati hokimiyati mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi, deyiladi xabarda.

Mazkur avtobus qatnovi yo‘nalish masofasi 84,5 km bo‘lib, Shaydon tomonidan «RAXSH-R.M» MCHJga tegishli mikroavtobuslar, Qo‘qon shahridan esa «Mansur Mirzohid» MCHJga qarashli ISUZU avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘lkira narxi 23 ming so‘m etib belgilandi.