Uzbekistan Airways Milliy aviakompaniyasining Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan HY102 reysi yo‘lovchisi 21 oktyabr kuni samolyot bortida to‘palon ko‘tardi, deya xabar qildi tashuvchi matbuot xizmati.

Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 51 yoshli erkakning mast holda bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Qayd etilishicha, u o‘z joyiga o‘tirish haqidagi ko‘rsatmalarga rioya qilmagan, baqirgan hamda uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan bort xizmatchilari va yonidagi yo‘lovchilarni haqoratlagan.

Reys yo‘lovchilari ekipajga yordam berib, qoidabuzarni tutib, o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yishgan. Samolyot Toshkent aeroportiga yetib kelishi bilan to‘polonchi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimlari qo‘liga topshirildi.