Katta leytenant Murod Sodiqov matbuot xizmati boshlig‘i — O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Murod Sodiqov (1984 y. t.) — Davlat san’at va madaniyat institutini (2009) tamomlagan. 2004 yildan 2019 yilga qadar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida telejurnalist sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Tayinlovga qadar so‘nggi ikki yilda «O‘zbekiston 24» telekanalida siyosiy sharhlovchi bo‘lib ishlagan.

Avvalroq ichki ishlar va mudofaa vazirliklariga ham yangi matbuot kotiblari tayinlangan edi.