O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Uning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bevosita tanishish, sanoat korxonalarini ko‘zdan kechirishi, yangi loyihalarni belgilab berishi kutilmoqda.