Saudiya Arabistonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida eng kamida 35 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi TASS agentligi politsiya ma’lumotlariga tayangan holda.

Avariya Makka va Madina shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘ldi. Yo‘lovchi avtobusi katta yukli mashina bilan to‘qnashishi natijasida kuchli zarbadan yong‘in chiqdi.

Avtobus yo‘lovchilari — Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridan bo‘lgan ziyoratchilar — kichik haj (umra) amaliga otlangan bo‘lgan. Avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan, 4 kishi shifoxonaga joylashtirildi.