Germaniyaning «Shtutgart» futbol klubi Rossiyaning «Rostov» jamoasiga hujumchi Eldor Shomurodov uchun 10 mln yevro taklif qildi. Bu haqda futbolchi vakili Qahhor Mo‘minov Sports.ru saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Shtutgart»dan tashqari, o‘yinchiga Rossiyaning SSKA jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.

««Shtutgart» 10 mln yevro atrofida taklif qildi. SSKA ham mos taklif bildirdi. Bu yerda hal qilish huquqini «Rostov»ga qoldirishdi. Qishda ushbu masalaga qaytishga kelishildi, hozirda bizda o‘xshash raqamlari bo‘lgan taklif mavjud», — dedi agent.

Qahhor Mo‘minov yozgi transfer mavsumida Eldor Shomurodov «adolatli» taklif bo‘lgan taqdirda top ligalardan biriga o‘tishi kerak.

«Ko‘rayapmanki, qishda sotishda «Rostov»ga qiyin bo‘ladi, bu yerda uning pozitsiyasi tushunarli. Hozir O‘zbekistondaman, Eldor va uning oilasi bilan gaplashdim. Yozda top ligalardan biridan adolatli taklif bo‘lsa, o‘tishga ko‘ndiraman, axir Shomurodov «Rostov» bilan aynan shu haqda kelishgan edik», — dedi futbolchi vakili.

24 yoshli futbolchi Eldor Shomurodov Rossiya Premer-ligasi golurarlar poygasida yetakchi hisoblanadi. U chempionatdagi 12 ta o‘yinda 10 golga mualliflik, 2 ta golga esa hammualliflik qildi. 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida esa 3 ta o‘yinda 3 ta gol kiritdi.

«Rostov» ayni vaqtda 26 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.