Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi 10 oktyabr kuni olti oy muddatga yirik shoxli tirik chorva mollarini mamlakatdan olib chiqishni taqiqlash to‘g‘risidagi buyruqni qabul qildi. Taqiq bir yoshgacha bo‘lgan buzoqlarga, bir yoshdan oshgan g‘unajinlarga, sigirlar, qo‘ylar va echkilarga taalluqlidir.

Qozog‘iston O‘zbekistonga chorva mollarini asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Buyruq loyihasini ishlab chiqish haqida yozda e’lon qilingan edi. O‘zbekistonda fermerlikni rivojlantirish dasturi bunga sabab qilib ko‘rsatildi, unga ko‘ra aholiga boshqa mamlakatlardan chorva sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilmoqda.

O‘tgan yili Qozog‘istondan O‘zbekistonga 50 ming bosh qoramol, shu yilning olti oyi davomida esa 63,5 ming bosh qoramol eksport qilindi. Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligidagi bu holatni xavfli vaziyat deb atadi.