Toshkentning Chilonzor tumanida so‘nggi uch kun ichida nazoratsiz qoldirilgan ikki bola kvartiraning ochiq turgan derazasidan qulab tushdi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Yakshanba kuni ikki yoshli M. M, yotoqxonada nazoratsiz qoldiriladi. Bolakay karavotga chiqib, so‘ngra deraza tokchasiga o‘tadi. Bola to‘rtinchi qavatdagi uyning ochiq turgan derazadan pastga qulab tushadi va olgan jarohatlari oqibatida hayotdan ko‘z yumadi.

Ikkinchi holat cheshanba kuni sodir bo‘ldi — buvisining uyida bo‘lgan bir yarim yoshli Amal deraza tokchasiga chiqib, to‘rtinchi qavatdagi kvartiraning ochib turgan oynadan pastga qulab tushadi. Ushbu kvartira ham to‘rtinchi qavatda joylashgan. Bola shifoxonaga yotqizildi, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etdi.

IIBB bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka hamda derazalarga cheklovchi to‘siqlar o‘rnatishga chaqirdi.