Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatining Osiyodagi saralash bosqichi ikkinchi raundi uchinchi o‘yini doirasida Singapur jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. 10 oktyabr kuni Sinagpurdagi Milliy stadionda bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:3 hisobida yakunlandi.

Hisobni 15-daqiqada yarim himoyachi va terma jamoa sardori Odil Ahmedov jarima to‘pini raqib darvozasiga aniq yo‘llagan holda ochdi. Birinchi taym yakunida (45+1') maydon egalari hujumchi Isxan Fandining goli bilan hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmida O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Eldor Shomurodov dubl qayd etdi (51', 90+2').

G‘alabadan so‘ng O‘zbekiston 6 ochko bilan D guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Navbatdagi o‘yin 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Video

Foto