14 oktyabr kuni soat taxminan 15:10 larda «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumanidan o‘tgan 158-kilometrida yuk mashinasi yonib ketdi (video). Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat raqami 01 423 GGA bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasi yomg‘irli ob-havo sharoitida rul boshqaruvini eplay olmay, yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqqa borib urilgan. Zarb natijasida kelib chiqqan yong‘in sababli yuk mashinasi yonib ketgan.

«Yuk mashinasi boshqaruvida bo‘lgan haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.E sog‘-salomat. YTHdan tan jarohati olganlar yo‘q», deyiladi xabarda.

Toshkent viloyati IIBB YHXB haydovchilarga murojaat qilib, kuz-qish yog‘ingarchilik mavsumida, tezlikni oshirmasliklarini va yo‘l qoidalariga amal qilishlarini so‘radi.