O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Boku shahriga keldi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari 15 oktyabrga mo‘ljallangan. Tashrif doirasida prezident qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.