Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan chorshanba kuni Toshkentning Olmazor tumanida Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi qurilishi loyihasi bilan tanishish vaqtida uylar qurilishini kengaytirish va ular tannarxini 30 foizga kamaytirishga topshiriq berdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar qildi.

Qalinligi 20 sm bo‘lgan temir-beton devorlar va bazalt tolali plitalardan tarkib topgan ko‘p qatlamli konstruksiyali devorlar bilan qurilayotgan uylar bilan tanishar ekan, prezident endilikda uylar qurilishida g‘ishtlardan foydalanishni kamaytirgan holda bazalt tolali plitalardan foydalanish kerakligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev bazalt tola ishlab chiqarilishini kengaytirish zarurligini qayd etib o‘tdi. Agarda mahalliy mahsulot sifati mos kelmasa, Turkiyadan sifatlilarini keltirish va 2020 yilda respublika bo‘ylab 10 ta: Toshkentda to‘rtta, viloyatlarda oltita shunday loyihani amalga oshirish kerakligi aytib o‘tildi.\

«Qurilayotgan uylar tannarxi 30 foizga pasaytirilishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident qurilayotgan uylar tannarxini 30 foizga pasaytirishga topshiriq berdi. Qurilishda issiqlik o‘tkazmaydigan materiallardan foydalanishni oshirish va g‘ishtdan foydalanishni qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan chorshanba kuni Toshkentning Olmazor tumanida Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi qurilishi loyihasi bilan tanishish vaqtida uylar qurilishini kengaytirish va ular tannarxini 30 foizga kamaytirishga topshiriq berdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar qildi.

Qalinligi 20 sm bo‘lgan temir-beton devorlar va bazalt tolali plitalardan tarkib topgan ko‘p qatlamli konstruksiyali devorlar bilan qurilayotgan uylar bilan tanishar ekan, prezident endilikda uylar qurilishida g‘ishtlardan foydalanishni kamaytirgan holda bazalt tolali plitalardan foydalanish kerakligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev bazalt tola ishlab chiqarilishini kengaytirish zarurligini qayd etib o‘tdi. Agarda mahalliy mahsulot sifati mos kelmasa, Turkiyadan sifatlilarini keltirish va 2020 yilda respublika bo‘ylab 10 ta: Toshkentda to‘rtta, viloyatlarda oltita shunday loyihani amalga oshirish kerakligi aytib o‘tildi.

«Endi [bazalt tolali plitalarsiz] O‘zbekistonda qurib bo‘lmaydi… Ikki yildan keyin g‘ishtdan qurishni qisqartiramiz. Yozda — salqin, qishda -issiq. Xorazm va Qoraqalpog‘iston uchun devorlar ikki barobar qalinroq qilinishi kerak. Maqsadimiz — uylar sonini oshirish, uylar tannarxini 30 foizga pasaytirish, odamlar uchun sifatli va qulay qilish», — dedi prezident.

«Bazalt, bu — eng ekologik material, qurilishda juda keng qo‘llaniladi. Bizda eng uzoq tumanlarda ushbu materialdan foydalanish bo‘yicha topshiriq bor», — dedi qurilish vaziri Botir Zokirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 100 foiz ushbu materialdan foydalanib qurilayotgan bolalar bog‘chasi qurilishi loyihalari amalga oshirilmoqda. «Asosiy masala — ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va qulaylik», — deya qo‘shimcha qildi u.